JAXONGIRMAN

G‘oyangizni
taqdimotga aylantiring.

Sun‘iy intellekt bilan taqdimot yarating, telefoningizni pultga aylantiring va auditoriyadan ma‘lumot yig‘ing — barchasi bitta joyda.

Jaxongirman nima qiladi

Har bir bo‘lim mustaqil ishlaydi, lekin bitta hisob, bitta hamyon va bitta kutubxona bilan bog‘langan.

AI taqdimot

Mavzuni yozing — Jaxongir AI mazmun, vizual uslub va kompozitsiyani o‘zi tayyorlaydi. Tayyor slaydlarni muharrirda tahrirlaysiz.

Ma‘lumotlarni yig‘ish

So‘rovnoma tuzing, havolani ulashing va javoblarni jadval ko‘rinishida yuklab oling. Javoblar belgilangan muddatdan keyin avtomatik o‘chiriladi.

Taqdimot pulti

Ekranda QR chiqadi, telefoningiz bilan skaner qilasiz va slaydlarni masofadan boshqarasiz — surish, kattalashtirish, keyingisiga o‘tish.

Do‘kon

Tayyor taqdimot, mustaqil ish va referatlarni sotib oling yoki o‘zingiznikini soting. Do‘kon faqat ilovada ishlaydi.