Akkauntni o‘chirish
Jaxongirman akkauntingizni ilovaning o‘zida, istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin. Buning uchun yordam xizmatiga yozish shart emas.
Ilovada qanday o‘chiriladi
- Jaxongirman ilovasini oching va akkauntingizga kiring.
- Pastki menyuda Profilni oching.
- Hisob bo‘limida Hisobni o‘chirishni bosing.
- Ochilgan oynada «HISOBIMNI O‘CHIRAMAN» jumlasini yozing va O‘CHIRISH tugmasini bosing.
O‘chirish darhol bajariladi va uni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Akkaunt kirilgan barcha qurilmalardan chiqariladi.
Saytda
Ilova o‘rnatilmagan bo‘lsa va Apple yoki Google bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, jaxongirman.app/kirish sahifasida shu usul bilan kiring va Profil → Hisob → «Hisobni o‘chirish»ni tanlang.
Nima o‘chiriladi
- Profil: ism, familiya, foydalanuvchi nomi, bio, avatar, o‘qish yoki ish joyi.
- Taqdimotlar, slaydlar, yuklangan va eksport qilingan fayllar.
- Hujjatlar: obyektivka, ilmiy va mustaqil ishlar, himoya matnlari, 3×4 suratlar.
- O‘yinlar, savollar va o‘yinlardagi ishtirokingiz.
- Siz yaratgan so‘rovnomalar va ularning javoblari, boshqa so‘rovnomalarga bergan javoblaringiz.
- Yordam murojaatlari, bildirishnomalar, qurilmalar va sessiyalar.
- Saqlangan karta ko‘rinishlari va sotuvchi aloqa ma’lumotlari.
- J Tanga balansi.
- Kirish ma’lumotlari: email, parol va Apple yoki Google bilan bog‘lanish.
Nima qoladi va nima uchun
Agar akkaunt orqali pul harakati bo‘lgan bo‘lsa — to‘lov qilgan, do‘konda sotgan yoki sotuvchi sifatida hisob-kitob qilingan bo‘lsangiz — quyidagi yozuvlar buxgalteriya va soliq hisobi uchun saqlanadi:
- buyurtmalar, to‘lov tranzaksiyalari va xaridlar;
- J Tanga harakatlari tarixi;
- tarif obunalari tarixi;
- sotuvchi hisob-kitoblari.
Bu yozuvlarda ismingiz, emailingiz yoki sizni aniqlaydigan boshqa ma’lumot qolmaydi — faqat ichki identifikator. Kirish ma’lumotlaringiz tiklab bo‘lmaydigan ko‘rinishga almashtiriladi va bu akkaunt bilan qayta kirib bo‘lmaydi. Pul harakati bo‘lmagan akkaunt butunlay o‘chiriladi.
Shuningdek:
- Do‘konda kimdir sotib olgan mahsulotingiz do‘kondan olinadi, lekin uni sotib olgan xaridorlarga ochiq qoladi. Bunday mahsulotga bog‘langan o‘yin ham arxivlanadi.
- Emailingizdan hisoblangan bir tomonlama xesh (emailning o‘zi emas) saqlanadi. U bir xil email bilan qayta ro‘yxatdan o‘tib, bepul boshlang‘ich imkoniyatni qayta olishning oldini oladi.
Oxirgi yangilanish: