Jaxongirman
O‘zbekchaEnglish

Yordam

Savolingiz yoki muammongiz bo‘lsa, yordam beramiz.

Ilova ichida murojaat qilish

Eng tez yo‘l — ilovaning o‘zi: Profil → Yordam markazi → Yangi murojaat. Mavzu turini tanlang, nima bo‘lganini yozing va kerak bo‘lsa skrinshot qo‘shing. Javobni yordam xizmati xodimi yozadi; javob kelganda ilovada bildirishnoma olasiz. Barcha yozishmalar «Mening murojaatlarim» bo‘limida saqlanadi.

Ko‘p beriladigan savollar

Akkauntga kira olmayapman

Email bilan kirsangiz, emailingizga yuborilgan tasdiqlash havolasini ochganingizni tekshiring. Bitta email faqat bitta kirish usuliga bog‘lanadi: avval Apple yoki Google bilan kirgan bo‘lsangiz, o‘sha usul bilan kiring.

Taqdimot yaratilmay qoldi. J Tanga qaytadimi?

Ha. Generatsiya xato bilan tugasa, band qilingan J Tanga va sahifalar avtomatik qaytariladi. Qaytmagan bo‘lsa, taqdimotni ko‘rsatib murojaat yuboring.

Sun’iy intellekt yozgan matnda xato bor

AI natijasi xato yoki eskirgan bo‘lishi mumkin. Har bir slayd va matnni tahrirlash mumkin — topshirishdan oldin faktlarni tekshiring.

O‘yingohga qanday qo‘shilaman?

Umumiy ekrandagi QR kodni telefon kamerasi bilan skanerlang yoki ilovaning O‘yingoh bo‘limida ekranda ko‘rsatilgan 6 xonali kodni kiriting.

Akkauntim boshqa qurilmada ochiq qolib ketdi

Profil → Sozlamalar → Qurilmalar bo‘limida o‘sha qurilmani chiqarib yuboring.

Akkauntimni qanday o‘chiraman?

Profil → Hisob → «Hisobni o‘chirish». Nima o‘chishi va nima qolishi Akkauntni o‘chirish sahifasida yozilgan.

Ma’lumotlarim qanday himoyalanadi?

Qaysi ma’lumot nima uchun yig‘ilishi va kimga uzatilishi Maxfiylik siyosatida yozilgan.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 19-oktabr

Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariYordamAkkauntni o‘chirishQaytarish siyosati
© 2026 Jaxongirman