Jaxongirman
O‘zbekchaEnglish

Qaytarish siyosati

Bu sahifa Jaxongirman’dagi raqamli mahsulot va xizmatlar uchun qaytarish qoidalarini tushuntiradi.

PPTX mahsulotlari qaytarilmaydi

Do‘kondagi mahsulotlar raqamli fayllardir. Xarid tasdiqlangach, fayl darhol hisobingizga o‘tadi va uni qaytarib berish texnik jihatdan mumkin emas. Shu sababli xariddan keyin to‘lov qaytarilmaydi. Mahsulot tavsifiga mos kelmasa yoki fayl ochilmasa — qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Avtomatik qaytarishlar

  • Taqdimot yoki boshqa natija tayyorlanmay xato bilan tugasa, buning uchun band qilingan J Tanga va sahifalar avtomatik qaytariladi.
  • O‘yingohda mukofot uchun band qilingan J Tanga o‘yin bekor qilinsa yoki tugamay qolsa, tashkilotchiga qaytariladi.

Qaytarilmaydigan holatlar

  • Foydalanuvchilar o‘rtasidagi J Tanga o‘tkazmalari bekor qilinmaydi.
  • Natija tayyor bo‘lgach, unga sarflangan J Tanga qaytarilmaydi.
  • Tarif bilan berilgan J Tanga tarif yangilanmasa oy oxirida kuyadi — Foydalanish shartlariga qarang.

Muammo bo‘lsa

Mahsulot tavsifiga mos kelmasa, fayl ochilmasa yoki to‘lov bo‘yicha savolingiz bo‘lsa, ilovada Profil → Yordam markazi → «Yangi murojaat» orqali buyurtma raqamini ko‘rsatib yozing. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqiladi.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 19-oktabr

Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariYordamAkkauntni o‘chirishQaytarish siyosati
© 2026 Jaxongirman